kunda.uz
Kirish
← Kurslar

Rus tilini noldan o'rganish

🎬
1-BOB

Ovoz va birinchi so'zlar

Kino va multfilm bilan boshlaymiz. Kuniga bitta bosqich.

🧩
2-BOB · 🔒 YOPIQ

Padejlar boshlanadi

1-bobning oxirgi bosqichi tugagach ochiladi.

🚂
3-BOB · 🔒 YOPIQ

Harakat va o'tgan zamon

2-bobning oxirgi bosqichi tugagach ochiladi.

💼
4-BOB · 🔒 YOPIQ

Ish tili va birinchi film

3-bobning oxirgi bosqichi tugagach ochiladi.

🧠
5-BOB · 🔒 YOPIQ

Murakkab gap

4-bobning oxirgi bosqichi tugagach ochiladi.

🗣️
6-BOB · 🔒 YOPIQ

Erkin nutq

5-bobning oxirgi bosqichi tugagach ochiladi.

Unvonlar

XP to'plagan sari unvon o'sadi: Bronze (0 XP) → Silver (1000 XP) → Gold (2000 XP) → Master (3000 XP) → Champion (5000 XP) → Crystal (7000 XP) → Diamond (10000 XP) → Legend (14000 XP) → Grand Master (19000 XP) → Ultimate (25000 XP). Ligalar →

Yutuqlar (badge'lar) esa harakat uchun beriladi — ketma-ket kunlar, xatosiz testlar, bosslar, battle g'alabalari. Ro'yxat va shartlari profilda.

Usul

Kuniga 40 daqiqa. Avval 28 kun — kunlik ritm: 12 so'z, test, kino subtitr bilan, keyin subtitrsiz. Keyin har ish kuni bitta katta mavzu: so'zlar, grammatika, video, test va gapirish.

Har bosqichning oxirida bitta bonus kino tavsiya qilinadi — nomi va afishasi ko'rsatiladi, o'zingiz topib ko'rasiz. Ko'rgach «Ko'rdim» deb belgilaysiz — adashib bosilsa, yana bosib belgini olib tashlaysiz. Bu qadam emas: ball berilmaydi va bosqichni tugatishga ta'sir qilmaydi.

Haftada kamida ikki marta tirik odam bilan rus tilida gapiring — yoki battle da bellashing. Faqat video bilan ketsangiz, 2 oydan keyin hammasini tushunasiz-u, gapira olmaysiz.

Ko'p so'raladigan savollar

Rus tilini noldan o'rganish uchun nima kerak?

Faqat telefon va kuniga 40 daqiqa. 1-bosqich alifbo va salomlashishdan boshlanadi, oldingi bilim talab qilinmaydi.

kunda.uz pullikmi?

Yo'q, kurs to'liq bepul. Kirish faqat Telegram orqali — parol o'ylab topish shart emas.

Qancha vaqtda o'rganaman?

Dastur 2 oyga mo'ljallangan: avval 28 kun davomida kuniga bitta bosqich, keyin 20 ta katta mavzu — har ish kuni bittadan. Oxirida ruscha film va suhbatni tushunasiz.

Nechta so'z o'rganaman?

724 ta eng kerakli so'z — mavzular bo'yicha. Ro'yxatni lug'at bo'limida ochiq ko'rishingiz mumkin.