Tanishuv, oila, uy, ovqat, xarid, shahar, sayohat va ta'lim. Kuniga bitta bosqich: 12 so'z, tinglash va test.
1-bobning oxirgi bosqichi tugagach ochiladi.
2-bobning oxirgi bosqichi tugagach ochiladi.
3-bobning oxirgi bosqichi tugagach ochiladi.
XP to'plagan sari unvon o'sadi:
Bronze (0 XP) →
Silver (1000 XP) →
Gold (2000 XP) →
Master (3000 XP) →
Champion (5000 XP) →
Crystal (7000 XP) →
Diamond (10000 XP) →
Legend (14000 XP) →
Grand Master (19000 XP) →
Ultimate (25000 XP).
Ligalar →
Yutuqlar (badge'lar) esa harakat uchun beriladi — ketma-ket kunlar, xatosiz testlar, bosslar, battle g'alabalari. Ro'yxat va shartlari profilda.
Kuniga 20–40 daqiqa: so'z kartalari, test va battle. Bosqichlar navbat bilan ochiladi — birini tugatmaguningizcha keyingisi yopiq turadi.
Haftada kamida ikki marta tirik odam bilan gapiring — yoki battle da bellashing.
IELTS — ingliz tilini bilish darajasini o'lchaydigan xalqaro imtihon. Chet elda o'qish, ishlash yoki ko'chib borish uchun deyarli hamma joyda shu talab qilinadi. Natija ball emas, band bilan beriladi: 0 dan 9 gacha. Ko'p universitetlar 6.0–6.5 so'raydi.
Ha. Birinchi bob eng oddiy so'zlardan boshlanadi: salomlashish, oila, uy, ovqat. Har bosqichda 12 ta so'z, ularning talaffuzi, tinglab topish mashqi, test va gap tuzish bor. Kuniga 15–20 daqiqa yetadi.
Birinchi 7 bosqich hammaga — tizimga kirmasdan ham — ochiq. Keyingilari avvalgisini tugatgach ochiladi, buning uchun Telegram orqali bir marta kirish kifoya.
48 bosqichda 500 dan ortiq so'z. Oxirgi bob to'liq akademik lug'atga (Academic Word List) va imtihon topshiriqlarining o'z tiliga bag'ishlangan — Reading va Writing da eng ko'p uchraydigan so'zlar.
Formati bo'yicha ha: Listening 4 qism, 40 savol, 30 daqiqa; Reading 3 uzun matn, 40 savol, 60 daqiqa. Savol turlari ham o'sha — variant tanlash, True/False/Not Given va javobni yozib kiritish. Vaqt serverda hisoblanadi, natija band jadvali bo'yicha chiqadi.