3-mavzu — «Ekologiya va iqlim». Rus tili — yuqori daraja kursining 3-bosqichi. 25 ta yangi so'z, grammatika mavzusi «Sabab predloglari: из-за, благодаря, в результате», test va video. Bosqich hammaga ochiq — kirmasdan ham to'liq bajarasiz.
Salbiy sabab из-за + roditelniy bilan beriladi: из-за засухи. Ijobiy sabab — благодаря + datelniy: благодаря переработке. Rasmiy matnda neytral в результате va вследствие + roditelniy ishlatiladi: вследствие потепления.
Shu bosqichda 25 ta so'z: окружающая среда — atrof-muhit, изменение климата — iqlim o'zgarishi, глобальное потепление — global isish, выбросы — zararli chiqindilar (havoga), загрязнение — ifloslanish, загрязнять — ifloslantirmoq …
Barcha 25 ta so'z, talaffuzi va tarjimasi bilan →
«TED на русском» — iqlim o'zgarishi haqida chiqish — YouTube'da ochish
«из-за», «благодаря», «в результате» yordamida shahringiz yoki Orol dengizi muammosi haqida 5 ta gap tuzing va ovozga yozing.
«Дерсу Узала» (1975) — Ussuri taygasidagi ovchi tabiat bilan uyg'un yashashni o'rgatadi — inson va tabiat munosabati haqida. Ball berilmaydi, o'zingiz topib ko'rasiz.