kunda.uz
Kirish
← Barcha bosqichlar

🍉 3-mavzu

Bozor va narxlar
Mehmon rejimi — birinchi 8 bosqichni to'liq bajarasiz, lekin natija saqlanmaydi. Kirsangiz XP, unvon va yutuqlar yoziladi va keyingi bosqichlar ochiladi. Kirish

Bu bosqich haqida

3-mavzu — «Bozor va narxlar». Rus tili — o'rta daraja kursining 3-bosqichi. 20 ta yangi so'z, grammatika mavzusi «Sonlar va miqdor: пять рублей, килограмм помидоров», test va video. Bosqich hammaga ochiq — kirmasdan ham to'liq bajarasiz.

Bosqich tartibi

  1. So'z kartalari — har bir so'zni ovoz chiqarib o'qib, kartalarni aylantirasiz.
  2. Grammatika — qoidani o'qib chiqasiz.
  3. Test — savollarga javob berasiz, ballni server sanaydi.
  4. So'zlardan gap tuzish — aralashgan so'zlarni to'g'ri tartibda joylab, gap tuzasiz.
  5. Gapirish — mashqni ovoz chiqarib bajarasiz.
  6. Kino — videoni ko'rib, «Ko'rdim» deb belgilaysiz.

Grammatika: Sonlar va miqdor: пять рублей, килограмм помидоров

Beshdan boshlab sonlardan keyin roditelniy ko'plik keladi: пять рублей, пятьдесят копеек. O'lchov so'zlaridan keyin ham shunday: килограмм помидоров, десяток яиц. 2, 3, 4 dan keyin esa roditelniy birlik: два рубля, три литра.

Yangi so'zlar

Shu bosqichda 20 ta so'z: килограмм — kilogramm, литр — litr, десяток — o'nta / o'nlik, копейка — tiyin, рубль — rubl (pul birligi), сдача — qaytim pul …

Barcha 20 ta so'z, talaffuzi va tarjimasi bilan →

Video

«Воронины» — 1-sezon, 3-seriya — YouTube'da ochish

Gapirish mashqi

Bozorda sotuvchi bilan dialog tuzing: narx so'rang, savdolashing va miqdorni ayting («два килограмма винограда», «пятьсот рублей»…). 5 ta gapni ovozga yozing.

Bonus kino

«Берегись автомобиля» (1966) — Detochkin chayqovchilarning mashinalarini o'g'irlab sotadi va pulini bolalar uyiga o'tkazadi — pul, narx va savdo mavzusiga mos. Ball berilmaydi, o'zingiz topib ko'rasiz.

Butun dastur · Ruscha-o'zbekcha lug'at